» » McDonald’s 7 yilda to‘liq qayta ishlangan materiallardan chiqarilgan o‘ramlarga o‘tadi

McDonald’s 7 yilda to‘liq qayta ishlangan materiallardan chiqarilgan o‘ramlarga o‘tadi


Tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i McDonald’s yetti yildan so‘ng qayta ishlangan yoki maxsus sertifikatsiyadan o‘tgan materiallardan ishlangan o‘ramlarga o‘tadi. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishning o‘sib borayotgan talablari tufayli qabul qilinmoqda. Bu haqda 16-yanvar, seshanba kuni McDonald’s kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Iste’molchilarimiz o‘ram chiqitlarini atrof-muhitni himoya qilish sohasining bosh muammosi deb atadi. Ularning fikricha, biz bu bilan shug‘ullanishimiz lozim. Mijozlar istaklarini qanoatlantirish uchun kamroq o‘ramdan foydalanib, unga qo‘llanilgandan so‘ng qayta ishlashga qulay shakl berishimiz lozim”, — deydi McDonald’s vitse-prezidenti Francheska Debiase.

Kompaniya o‘zgarishlar McDonald’s ning dunyodagi barcha tamaddixonalariga 100 foiz daxl qilishini ta’kidlaydi. Kompaniya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, u oxirgi 25 yilda qadoq materiallari hajmini 136,08 ming tonnaga qisqartirgan, 0,9 million tonna karton qutilarni qayta ishlashga yuborgan va qog‘oz chiqindilari miqdorini 30 foizga kamaytirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют