» » Nazarboyev: AQShning “5+1” formatidagi ishtiroki Markaziy Osiyo uchun muhim

Nazarboyev: AQShning “5+1” formatidagi ishtiroki Markaziy Osiyo uchun muhim


Bugun, 17-yanvar kuni Vashingtonda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi, deb yozadi KazInform.

Nursulton Nazarboyev AQShga rasmiy tashrifi doirasida Donald Tramp bilan uchrashdi va u bilan ikki tomonlama strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va kuchaytirish, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

“Qozog‘iston Qo‘shma Shtatlarning terrorizmga qarshi 2001-yilgi kurashini faol qo‘llab-quvvatladi va hozirda Afg‘onistonda o‘tkazilayotgan katta ishlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistonda hozir bo‘lishi — faqat Qo‘shma Shtatlarning emas, butun dunyoning vazifasi. Terrorizmning yangi o‘chog‘iga qarshi turish — bizlar, Afg‘oniston qo‘shnilarining ham burchi”, — dedi Nazarboyev uchrashuvdan keyingi brifingda.

Qozog‘iston prezidenti Qo‘shma Shtatlarning “5+1” formatidagi ishtiroki muhimligini ta’kidladi.

Nazarboyev, shuningdek, Qozog‘iston Afg‘onistonga 75 million dollarlik gumanitar va texnik yordam ko‘rsatganligi, shuningdek, ming nafar yosh afg‘on mutaxassisini o‘qitayotganligi hamda bunga 50 million dollar yo‘naltirganligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют