» » Shavkat Mirziyoyev: Islom Karimovni e’zozlash — nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir

Shavkat Mirziyoyev: Islom Karimovni e’zozlash — nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir


Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar hokimligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi. Yig‘ilishda qatnashgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangiriyev u yerda ko‘tarilgan masalalarga o‘z munosabatini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludnining 80 yilligini nishonlash borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan bugungi videoselektorda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mana shunday haroratli so‘zlar aytildi. O‘tmishga, xalqimizning buyuk namoyandalariga, chunonchi, ustozga bo‘lgan samimiy hurmatni biz Shavkat Mirziyoyevdan o‘rganishimiz kerak. Nazarimda, yig‘ilishda qatnashgan har bir kishi bu haqiqatga yana bir bor iymon keltirdi. U kishining o‘z ustozi Islom Karimovga ko‘rsatayotgan bunday yuksak ehtiromini nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo jamoatchiligi e’tirof etmoqda.

Ochig‘ini aytganda, yig‘ilishda qatnashish davomida Prezidentimizning quyidagi fikrlari meni juda qattiq ta’sirlantirdi, hayajonga soldi: “Biz elmiz, katta millatmiz, xalqmiz. O‘z tarixini yo‘qotgan, unga bepisand munosabatda bo‘lgan elning kelajagi yo‘q. Biz Islom Karimovni qancha e’zozlasak, qancha ulug‘lasak, tarannum etsak, xalqimizni, o‘zligimizni, millatimizni shuncha ulug‘lagan bo‘lamiz. Bu tarixiy sanani yuqori saviyada o‘tkazishimiz yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli xalq ekanimizni namoyon etadi. Bu tadbirlar, shubhasiz, yoshlarni Vatanga, mustaqilligimizga, o‘tgan ajdodlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega”.

Shu bilan birga, yig‘ilishda yubiley marosimlarini u kishining o‘zidek samimiy va oddiy, ortiqcha dabdabalarsiz o‘tkazish haqida ham fikrlar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют