» » Fransiyada politsiyachilar libosini kiygan talonchilar sayyohlarni tunadi

Fransiyada politsiyachilar libosini kiygan talonchilar sayyohlarni tunadi


Chexiyalik sayyohlar oilasi Fransiyada politsiyachilar libosini kiyib olgan talonchilar “tekshiruvi”dan so‘ng texnika va katta miqdordagi puldan mahrum bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Lojuvard qirg‘oqdagi Bush-dyu-Ron departamentining A54 trassasidagi dam olish maydonlaridan birida ro‘y berdi.

Tungi payt bu yerda Audi avtomobili to‘xtadi va undan “Politsiya” yozuvli qora libos kiyingan 5 nafar erkak chiqib keldi. Sayyohlardan mashinadan chiqishni talab qildi va ularni ko‘zdan kechira boshladi.

Parisien nashriga ko‘ra, talonchilar 2 ming yevro, ikki mobil telefon va kameraga ega bo‘ldi. “Tintuv”dan so‘ng ular Arl shahri yo‘nalishida g‘oyib bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют