» » Birinchi Prezidentning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov: O‘zbek so‘mi qanday dunyoga kelgandi?

Birinchi Prezidentning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov: O‘zbek so‘mi qanday dunyoga kelgandi?


O‘zbek so‘mi qanday dunyoga kelgan edi? O‘zA Birinchi Prezidentning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov xotiralarining dastlabki qismini e’lon qildi.

“O‘zbekiston Mustaqilligining uchinchi yo to‘rtinchi yili edi. Milliy valyutamiz yo‘q edi, O‘zbekiston Rossiya rubli bilan faoliyat yuritmoqda edi. Ayni paytda Mustaqillikka erishgan davlatimiz o‘z milliy pulini chiqarishi yuzasidan ish olib borilayotgandi.

Sobiq ittifoqdosh respublikalar, jumladan, O‘zbekistonni ham yagona rubl hududida ushlab turish Rossiya uchun foydali edimi? Rossiya davlat banklaridan bizga rus banknotalari yetarli miqdorda muntazam kelib turar edi. Lekin bu holatning biz uchun na ma’naviy, na moddiy va na moliyaviy foydasi bor edi. Haqiqiy — ham siyosiy, ham iqtisodiy mustaqil davlat sifatida e’tirof etilish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro muassasalarga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun O‘zbekiston o‘z milliy chegarasi, konstitutsiyasi, gerbi, madhiyasi va, albatta, o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishi shart edi.

Lekin shuncha vaqt o‘tsa ham hamon o‘zimizning milliy pulimizga ega emas edik. Yangi pul ishlab chiqarish oson emasligini davlat rahbari ham, iqtisodchilar, mutaxassisu moliyachilar ham yaxshi tushunishar edi.

Agar biz o‘sha paytda milliy pulimizni chiqarayapmiz, deb ovoza qilsak bormi, Rossiya O‘zbekistonga qog‘oz pul berishni taqqa to‘xtatib qo‘ygan bo‘lar edi. Ana unda asosiy moliyaviy muloqot vositasidan ham mahrum bo‘lgan yosh mustaqil respublikaning ahvoli, qariyb 22 millionli xalqning hayoti, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligini boshqarish nima bo‘lishi faqat Allohga ma’lum edi.

Ittifoqning tarqalib ketishida o‘zlari tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, biz mustaqil bo‘lganimizni unchalik ham xushlamas edi. Buni tushunadigan tushunadi, tushunmaydiganlarga tushuntirib ham bo‘lmaydi.

Lekin bir narsa oydek ravshan edi. Davlatlararo munosabatlarda barcha masalalar – qishloq xo‘jaligi, sanoat yo qurilish va hatto mudofaa masalasida ham hamkorlik qilish mumkin edi. Faqat pul masalasida emas. Zero, pul o‘ta nozik — siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy masala. Boshqa davlatning pul birligida xo‘jalik yuritish esa kutilmagan tomonlari bilan qaltis va nihoyatda xavfli ekanini hayotning o‘zi isbotlayotgan edi.

Katta yoshdagi yurtdoshlarimiz yaxshi eslasa kerak, Rossiya davlat banki eng katta pul birliklaridan bo‘lgan 50 rubllik banknotani hech qanday e’lonsiz to‘satdan almashtirib, aholi shaxsiy jamg‘armasini qo‘ying, hatto endi oyoqqa turayotgan kichik va o‘rta tadbirkorlaru katta biznesmenlarni ham ag‘dar-to‘ntar qilib tashlay, degan edi.

Prezident shu haqda o‘ylar edi. Axir, Rossiya davlatni, xalqni boshqarish qonun-qoidalariga zid holda, bir kechaning o‘zida 50 rubllik qog‘oz pullarini bekor qildi-ku?!”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют