» » Ukrainaning asosiy universiteti isitish tizimi uchun pul yetishmasligi sababli yopildi

Ukrainaning asosiy universiteti isitish tizimi uchun pul yetishmasligi sababli yopildi


Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti issiqlik va elektr energiyasi uchun mablag‘ yetishmasligi sababli mashg‘ulotlarni bekor qildi va talabalarni bahorga qadar qo‘yib yubordi. Bu haqda Ukrainaning energetika va kommunal xizmatlar bo‘yicha sobiq xodimi ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, bu rasman “masofaviy ta’lim” deb atalmoqda, biroq buning uchun metodika va malaka mavjud emas. Talabalar esa dam olishni va ishlashni rejalashtirmoqda.

Universitet talabalari darslarning bekor qilinganini tasdiqlagan. Ularning aytishicha, fevralda qandaydir masofaviy ta’lim bo‘ladi, biroq qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Metodistlarning aytishicha, ta’lim muassasasida mashg‘ulotlar 1-martgacha boshlanmaydi.

Universitet tomonidan ma’lum qilinishicha, bahorgacha masofaviy ta’limga o‘tishni talabalarning o‘zi bir yil avval so‘ragan. Reja tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, qishki ta’til 1-yanvardan 24-yanvargacha davom etadi, 24-yanvarda esa talabalar ikkinchi semestrni boshlashi kerak.

Auditoriyadagi o‘qishlar esa 1-martda qayta boshlanadi. Universitetning xabariga ko‘ra, 24-yanvardan 28-fevralgacha talabalar universitetdan tashqarida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydi, mustaqil ishlarni bajaradi, kurs va diplom ishlarini yozadi. Shuningdek, ta’kidlanishicha, kommunal xizmatlar uchun yanvar oyidagi to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshirilgan, fevral oyi uchun esa qisman oldindan to‘lov qilingan.

“Ukrainskaya pravda”ning ma’lumotlariga ko‘ra, bunga o‘xshash holatlar Ternopol, Chernovtsi, Dnepr va Odessadagi oliy ta’lim muassasalarida ham yuz bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют