» » Parij yaqinida 4 nafar xorijlik choyshablar yordamida qamoqxonadan qochdi

Parij yaqinida 4 nafar xorijlik choyshablar yordamida qamoqxonadan qochdi


Fransiyaning poytaxti Parij shahri yaqinidagi qamoqxonadan to‘rt nafar xorijlik fuqaro qamoqxona nazoratchilarining mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan namoyishlaridan foydalanib, qochib ketgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qochish Palezo shahrida 17-yanvarga o‘tar kechasi yuz bergan. Mahkumlar oyna panjaralarini arralagan va choyshablarni bir-biriga ulab tayyorlangan arqondan pastga tushib, qochib ketgan. Qochib ketganlarning fuqaroligi ma’lum qilinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qamoqxonada 20 nafar mahkumga atigi to‘rt nafar politsiyachi to‘g‘ri kelgan va ular bir necha smenada ishlashga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют