» » “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 2 nafar mas’ul xodimi ishdan olindi

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 2 nafar mas’ul xodimi ishdan olindi


O‘zA Toshkent shahridagi avtobuslarning harakatlanishida uchrayotgan qoidabuzarliklar haqida tanqidiy maqola e’lon qilgandi. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.Jo‘rayev javob xatida qisqa fursat ichida kamchiliklar bartaraf etilgani va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilanganini bildirdi.

Unda, jumladan, bunday deyiladi:

“Mazkur maqolada keltirib o‘tilgan kamchiliklar 2018-yilning 16-yanvar kuni ‘Toshshahartransxizmat’ AJ rahbarlari va tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishida muhokama qilindi. Yig‘ilishda maqolada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan va bu bilan o‘zining lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan qaragan ikki nafar mas’ul xodim lavozimidan ozod etildi. Bir nafariga hayfsan e’lon qilindi.

Maqolada tanqidiy qayd etilgan 58-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobuslarning 2018- yilning 1-yanvaridan 15-yanvarigacha bo‘lgan davri GPS dasturi orqali tahlil qilindi. Unga ko‘ra, mazkur yo‘nalish haydovchilari tomonidan ushbu davr mobaynida 90 marotaba tezlikni me’yoridan oshirish holatlari aniqlandi. Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lovchilar va boshqa harakat ishtirokchilarining hayotini xavf ostiga qo‘ygan mazkur yo‘nalish haydovchilari bilan qaytadan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Yo‘riqnomaga asosan, har bir haydovchiga maqolada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni qayta takrorlanishi holati kuzatilsa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi to‘g‘risida so‘nggi marotaba ogohlantirildi.

8-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobuslarning 2018-yilning 1-yanvaridan 15-yanvarigacha bo‘lgan davri ham GPS dasturi orqali tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish haydovchilari tomonidan ushbu davr mobaynida ertalabki va kechki tig‘iz vaqtda Chilonzor metrosi oraliq bekatida 4 daqiqadan, 10 daqiqagacha turish holati aniqlandi. Natijada maqolada tanqidiy ko‘rsatib o‘tilgan holat qisman o‘z tasdig‘ini topdi.

Jamiyat tarkibidagi 4, 7, 12-avtobus saroylari tasarruf bo‘limi va harakat xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Chilonzor metro bekatida har haftaning dushanbadan shanba kuniga qadar soat 07-00 dan 09-00 gacha va 17-00 dan 19-00 gacha navbatchilik jadvali tasdiqlandi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют