» » Xayr 29 o‘yinli mag‘lubiyatsiz seriya: Lionel Messi penalti urolmagan o‘yinda “Barselona” taslim bo‘ldi

Xayr 29 o‘yinli mag‘lubiyatsiz seriya: Lionel Messi penalti urolmagan o‘yinda “Barselona” taslim bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim finaliga yo‘llanma olishni istayotgan jamoalardan 6 tasi maydonga tushdi. Bugun Madridning “Real” klubi “Leganes”ga qarshi saf tortadi.

Chorak finalning dastlabki o‘yinlarida ikki kutilmagan natija qayd etilib, birida “Barselona” hamshahriga imkoniyatni boy berdi. “Espanyol”ga qarshi o‘yinda Lionel Messi penaltidan aniq foydalana olmadi. Bu hol qimmatga tushib, “Barselona” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi.

Ernesto Valverde shogirdlari bunga qadar 29 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgandi. Kataloniya derbisida esa imkoniyat boy berildi va bu seriyaga yakun yasaldi.

Madridning “Atletiko” klubi ham navbatdagi bosqichga yo‘l olish masalasini og‘ir ahvolda qoldirdi. Montella boshchilik qilayotgan “Sevilya”ni qabul qilgan poytaxtliklar, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Diyego Kosta hisobni ochganiga qaramay, Simeone shogirdlari bu ustunlikni saqlab qola olmadi.

Chorak finalning uchinchi o‘yinida “Valensiya” Ispaniya Kubogining amaldagi finalchisi bo‘lgan “Alaves”ni taslim qilishga erishdi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final

17-yanvar, chorshanba

Gollar: Diyego Kosta, 73 (1:0). Xesus Navas, 80 (1:1). Xoakin Korrea, 88 (1:2).

Gollar: Rubin Sobreno, 66 (0:1). Gonsalu Guedesh, 73 (1:1). Rodrigo, 82 (2:1).

Chetlatish: Adrian Diges, 77 (A).

Gol: Oskar Melendo, 88 (1:0).

Noaniq penalti: Lionel Messi, 62 (B).

18-yanvar, payshanba

“Leganes” — “Real Madrid” 01:30



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют