» » Madina va Azizbek 2017-yilda O‘zbekistonda bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi

Madina va Azizbek 2017-yilda O‘zbekistonda bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘ldi


O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘z Telegram-kanalida FHDYo sohasida 2017-yildagi tahlillar natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

2017-yilda 722 094 ta tug‘ilishlar qayd qilinib, bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan 10 490 taga yoki 1,4 foizga kamaygan. Shularning 375 192 nafari o‘g‘il bolalar, 346 894 nafari — qiz bolalar.

Respublika miqyosida eng ko‘p tug‘ilishlar Samarqand viloyatida (89 637 ta yoki 12,4 foiz), tuman va shahar kesimida Namangan shahrida (14 992 nafar yoki 2 foiz) qayd etildi.

2017-yil davomida Qashqadaryo viloyatida boshqa hududlarga qaraganda o‘g‘il bolalarning tug‘ilishi qizlarga nisbatan 3395 nafar yoki 9,4 foizga ko‘paygan.

Respublika bo‘yicha 14 382 nafar egizaklar tug‘ilgan bo‘lib, bu esa umumiy tug‘ilishlar sonining 1,9 foizini tashkil qiladi. 138 ta oilada 3 nafar boladan iborat egizaklar va 1 ta holatda Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 nafar boladan iborat egizaklarning tug‘ilishi qayd etilgan.

Eng og‘ir 9,870 kilogrammli qiz bola va eng uzun 70 sm bo‘yli o‘g‘il bola tug‘ilgan.

2017-yilda tug‘ilgan 5678 nafar qiz bolaga Madina va 5674 nafar o‘g‘ilga Azizbek ismlari qo‘yilgan.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida ona 9-farzandini dunyoga keltirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют