» » Shavkat Mirziyoyev investitsiya dasturlarini shakllantirishning yangi tartibiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev investitsiya dasturlarini shakllantirishning yangi tartibiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi


Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish bo‘yicha joriy etilgan yangi tartib asosida ishlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlashda investitsiyalarning muhimligini qayd etar ekan, shu paytgacha bu boradagi ishlar pala-partish bajarib kelinganini tanqid ostiga oldi.

Ilgari ushbu soha rahbarlari yuqori raqamlar ortidan quvib, investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshirib ko‘rsatishni kasb qilib olgan edi. Buning oqibatida hokimliklar va tarmoq rahbarlari ushbu “yuk”ni bajarish uchun moliyalashtirish manbasi kafolatlanmagan va tashabbuskori aniq bo‘lmagan, hududlar va tarmoqlar rivojlanishiga mos kelmaydigan samarasiz loyihalarni Investitsiya dasturlariga kiritishga majbur bo‘lar edi.

Masalan, 2012—2017-yillar davomida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 3,3 milliard AQSh dollari bo‘lgan 14 ta loyiha investitsiya dasturlariga kiritilgan. Keyinchalik ularning barchasi maqsadga muvofiq emas deb topilgan va hukumat qarorlari bilan to‘xtatilgan. Eng achinarlisi, mazkur loyihalar hujjatlarini tayyorlashga 185 million AQSh dollari sarflangan.

Investitsiya dasturlarini shakllantirish va loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish borasida ham qator muammolar bor. Bu jarayon 15 yil avval qabul qilingan qarorlarda belgilangan mezon va tartiblar asosida amalga oshirib kelingan. Jumladan, loyihaning texnik iqtisodiy asoslari, biznes rejasi va tender hujjatlari ishlab chiqilgandan so‘ng vakolatli organlar bilan takror va takror kelishilishi oqibatida uning ekspertizasi belgilangan 15 kun o‘rniga 6 oygacha cho‘zilish holatlariga ko‘p marotaba yo‘l qo‘yilgan. Bu investitsiya loyihasining qimmatlashishi va rentabelligi pasayishiga olib kelgan.

Ma’lumki, investitsiya dasturlariga iqtisodiy asoslangan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor bo‘lgan loyihalar kiritilishi zarur. Lekin ilgari bunday hujjatlar loyiha investitsiya dasturiga kiritilgandan so‘ng tayyorlab kelingan. Oqibatda loyihaning dastlabki narxi va tasdiqlangan qiymati o‘rtasida ba’zi hollarda hatto 80 foizgacha tafovut yuzaga kelgan. Bu budjet mablag‘lari sarfi asossiz ravishda oshib ketishiga sabab bo‘lgan.

Loyihalar puxta hisob-kitob qilinmagani, ularni amalga oshirishga investorlarning o‘z mablag‘lari jalb etilmagani oqibatida ko‘plab korxonalar bankrot bo‘lgan. Ularni sog‘lomlashtirish vazifasi zimmasiga yuklangan tijorat banklari ham katta zararlar ko‘rgan. Shu bois joriy yildan boshlab bankrot korxonalarni banklar balansiga berish amaliyotiga chek qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют