» » Mashqlarsiz ko‘proq kaloriya sarflashning 5 usuli

Mashqlarsiz ko‘proq kaloriya sarflashning 5 usuli


Ma’lum bo‘lishicha, organizmning quvvat sarflarini jismoniy mashqlarsiz ham biroz oshirish mumkin ekan. Bu olimlar tomonidan isbotlangan.

Xona harorati ayniqsa uxlash paytida salqin bo‘lishini ta’minlashga va ko‘proq toza havoda bo‘lishga harakat qiling. Sovuq organizmni isitish uchun quvvat sarflaydigan yog‘li to‘qimalarning bir turi hisoblanuvchi qoramtir yog‘lar miqdorini oshiradi.

Agar siz yumshoq divanda yoki kresloda emas, balki polda o‘tirib televizor tomosha qilsangiz, tanani ma’lum bir holatda ushlab turish uchun ko‘proq mushaklar ishga tushadi. Shuningdek polga o‘tirish va u yerdan turish uchun ham ko‘proq quvvat sarflanadi.

Quvvat yo‘qotishdan tashqari, polda o‘tirish egiluvchanlik, mushaklar tonusi va gavda holatini yaxshilaydi.

Mayo klinikasidan Jeyms Levin va Poletta Bokollar saqich chaynash quvvat sarfini bir soatda 11 kkal oshirishini aniqladi.

Bundan tashqari saqich kamroq quvvat iste’mol qilishga va bu paytda o‘zini ancha quvvatliroq his qilishga yordam beradi.

Agar siz kardiomashqlar bilan shug‘ullanishni xohlamasangiz, unda masalan ishga yoki do‘konga borishda quvnoq musiqa tinglang. Shunda siz tezroq harakatlanasiz va ko‘proq quvvat sarflaysiz.

Siz ongingizni qancha ko‘proq mashq qildirsangiz, u shuncha ko‘proq quvvat sarflaydi.

Lekin hech qanday aqliy faollik jismoniy mashqlar bilan tenglasha olmaydi va eng qiyin matematik masaladan ko‘ra uyda qilingan oddiy mashqlar ko‘proq kaloriya sarflashga yordam beradi.

Manba: “Layfxaker”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют