» » Va nihoyat KXDR va Janubiy Koreya qishki Olimpiadaga bitta bayroq ostida chiqib kelishga kelishib oldi

Va nihoyat KXDR va Janubiy Koreya qishki Olimpiadaga bitta bayroq ostida chiqib kelishga kelishib oldi


Pxenchxan shahri mezbonligida o‘tadigan qishki Olimpiadaning ochilish marosimiga Janubiy Koreya va KXDR delegatsiyalari bitta bayroq ostida chiqib keladi, deb yozdi “Meduza”.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi 9-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Koreyaning ikki qutbini bitta bayroq birlashtirib turadi. Bunda oq rangli fonga Koreya yarimoroli aks etgan suratgina tushiriladi.

Shuningdek, ayollar xokkeyida ham Janubiy va Shimoliy Koreya termalari bitta jamoa sifatida harakat qiladi. Garchi bu qaror Janubiy Koreya ayollar xokkey terma jamoasi ustoziga ma’qul kelmagan bo‘lsa-da, barcha masala hal etib bo‘lindi. Murabbiy fikriga ko‘ra, xokkeyda KXDR bilan birlashib harakat qilinishi, oltin medal uchun imkoniyatlarni keskin kamaytirib yuboradi.

Yuqoridagi kelishuvlar bo‘yicha 2015-yildan buyon muzokaralar davom etayotgandi. KXDR yetakchisi Kim Chen In yangi yil nutqida mamlakat sportchilarini Janubiy Koreya mezbonligidagi Olimpiadaga yuborishni taklif qilib chiqqach, kelishuvlar bo‘yicha harakat boshlangandi.

Bunga qadar koreyaliklar uchta yirik musobaqaga umumiy bayroq ostida chiqib kelgandi. Avvaliga ular 2000-yilgi Sidney Olimpiadasida bu kelishga erishdi. Keyinroq Afina—2004 va Turin—2006 festivallarida ham bu hol kuzatildi. Oradan 12 yil o‘tib, Shimoliy Koreya tomoni yana bir bor kelishuvga rozi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR Pxenchxan Olimpiadasiga 550 kishidan iborat delegatsiyani yuborishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют