» » AQShda senatorlar Alisher Usmonovni Davlat departamentining sanksiyalar bo‘yicha ma’ruzasiga kiritishni taklif qildi

AQShda senatorlar Alisher Usmonovni Davlat departamentining sanksiyalar bo‘yicha ma’ruzasiga kiritishni taklif qildi


To‘rt nafar AQSh senatori Reks Tillersonga Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha ma’ruza tuzishda biznesmen Alisher Usmonov va bosh prokuror Yuriy Chaykaga “e’tibor qaratish”ni taklif qildi, deb yozadi “TASS”. Hisobot yanvar oxirigacha tuzib bo‘linishi kerak.

Tillersonga yo‘naltirilgan maktubga Marko Rubio, Lindsi Grem, Rojer Uiker va Kori Gardner imzo qo‘ydi. U Uikerning saytida e’lon qilindi.

Senatorlar da’vo qilishicha, Chayka va Usmonov “xalqaro matbuot xabarlarida va korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar ishtirokchilari bayonotlarida tilga olingan”.

Senatorlar Chayka va Usmonov Rossiya rahbariyatiga aloqador ekanligini va shu sababdan davlat departamentida tayyorlanayotgan potensial sanksiya ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilishi kerakligini qayd etdi.

“Chin dildan umid qilamizki, siz Rossiya rasmiy shaxslari va oligarxlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyalar haqidagi barcha xabarlarni diqqat bilan o‘rganishda davom etasiz. Ma’muriyatning bo‘lg‘usi ma’ruzasiga kiritilishi kerak bo‘lgan shaxslarning bir juft ramziy namunalariga oydinlik kiritdik, deb umid qilamiz”, — deyiladi senatorlar xatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют