» » Qur’on musobaqasida eng ko‘p Farg‘ona viloyatidan qorilar ishtirok etdi

Qur’on musobaqasida eng ko‘p Farg‘ona viloyatidan qorilar ishtirok etdi


15-yanvar kuni ro‘yxatga olish nihoyasiga yetgan Qur’on musobaqasida 5366 kishi, xususan 3263 nafar erkak, 2103 nafar ayol ishtirok etdi. Bu yosh cheklovi bilan olingan ko‘rsatkichdir. Ya’ni 18 dan 40 yoshgacha bo‘lgan qori va qoriyalarning soni shunchani tashkil etdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Qur’on musobaqasida ishtirok etgan qorilar soni bo‘yicha umumiy hisobda Farg‘ona viloyati birinchi o‘rinni egalladi. Mazkur viloyatdan 1237 nafar murattab va mujavvid qori musobaqada ishtirok etgan. Andijon viloyatidan 1182 nafar qori musobaqada qatnashdi. Viloyat umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Farg‘ona viloyati 219 hisob bilan eng ko‘p murattab qori bo‘yicha ham birinchi o‘rinda turibdi. Andijon viloyati bu borada ham 174 ishtirokchi bilan ikkinchi o‘rinda. Ammo Andijon hifz yo‘nalishida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qorilar ichida 74 hisob bilan hammadan oldinda. Murattab qoriyalar bo‘yicha Toshkent shahri va Namangan viloyati 8 ta hisob bilan birinchi o‘rinda, Surxondaryo va Toshkent viloyati 7 hisobi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют