» » O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Hindistondagi xorijiy tadqiqotchilar uchun ochiq dars o‘tkazdi

O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Hindistondagi xorijiy tadqiqotchilar uchun ochiq dars o‘tkazdi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari Hindiston ommaviy kommunikatsiya institutida dunyoning o‘n olti mamlakatidan kelgan yosh jurnalist-tadqiqotchilari uchun O‘zbekiston OAV haqida ochiq dars o‘tkazdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi” gazetasi.

Unda o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan jurnalistika ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, ular jahon media makonini O‘zbekiston haqidagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, tarixiy ma’lumotlar bilan yanada boyitishga ko‘proq urg‘u berdi. Jumladan, ana shu media makonda faoliyat olib boruvchi kadrlarni yetishtirishga mo‘ljallangan yangi — jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universiteti haqida ham mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng jurnalist-tadqiqotchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Men internetdan O‘zbekiston haqida axborot izlaganimda, uning dunyo sivilizatsiyasiga, xususan, islom madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida o‘qib hayratlandim. Al Buxoriy, Xorazmiy, Beruniy, Zamaxshariy kabi siymolar nomlarining o‘zi bu mamlakat salohiyatining qanchalik yuqori ekanligidan dalolat beradi. Masalan, Xorazmiyning hozirgi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining asoschisi ekanligini endi bildim. Bugungi mashg‘ulotdan so‘ng O‘zbekiston haqida birinchi maqolamni yozishga qaror qildim.

Rim Ahmad, suriyalik jurnalist

Ochiq mashg‘ulot yakunida xorijlik jurnalist-tadqiqotchilar o‘z mamlakatlaridagi OAVda O‘zbekiston haqida maqolalar berib borishni, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari ularga bu masalada axboriy ko‘mak berib borishiga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют