» » Jigarxanyanning shoshilinch shifoxonaga yotqizilishi sababi ma’lum qilindi

Jigarxanyanning shoshilinch shifoxonaga yotqizilishi sababi ma’lum qilindi


17-yanvar, chorshanba kuni kechqurun Armen Jigarxanyan kutilmaganda shifoxonaga tushdi. “MK.ru” nashri bunga nima sabab bo‘lganligi haqida ma’lum qildi.

“Bu barchamiz uchun kutilmaganda sodir bo‘ldi. 17-yanvar, chorshanba kunini u teatrda o‘tkazdi. Kechqurun uyga qaytishdan avval esa kuchli holsizlik paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik va shifokorlarni chaqirdik”, — deydi aktyorning do‘sti Artur Sogomanyan.

“Shifokorlar uning yuragi yaxshi ekanligini ma’lum qildi. Ehtimol bu infeksiya tufaylidir — uning tomog‘i og‘rib, yo‘talmoqda. Vaqti-vaqti bilan chap oyog‘ida ham og‘riq yuzaga kelmoqda. Tongda tekshiruvlarni o‘tkazish boshlanadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Artist ahvolining yomonlashuvi uning sobiq rafiqasi Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya bayonotlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют