» » Qozog‘istonda avtobusda 52 kishi yonib ketdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar bor

Qozog‘istonda avtobusda 52 kishi yonib ketdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar bor


Qozog‘istonning Aktyubinsk viloyati Irgiz tumanida salonidagi 52 yo‘lovchisi bilan avtobus yonib ketdi. Bu haqda, Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasiga asoslanib, Tengrinews xabar bermoqda.

Hodisa 18-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 atrofida, “Samara—Chimkent” yo‘lining 1068-kilometrida yuz bergan. Harakat davomida “Ikarus” avtobusida yong‘in chiqqan, bu vaqtda avtobus salonida 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida 52 kishi hodisa joyining o‘zida halok bo‘lgan. “Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bor”, — deyiladi Qozog‘iston rasmiylari bergan axborotda. Hozircha fuqarolarning shaxsini aniqlashga kirishilgan.

Hodisa munosabati bilan Aktyubinsk viloyatida tezkor shtab tuzilgan, psixologik xizmat tomonidan tezkor aloqa liniyasi yo‘lga qo‘yilgan (telefon raqamlari: +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85). Yong‘in joyida politsiyachilar, qutqaruvchilar, shifokorlar va psixologlar ish olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют