» » 2018-yilda kompaniya rivojlanish strategiyasini to‘liq siklli Railway Media reklama agentligi bilan quring!

2018-yilda kompaniya rivojlanish strategiyasini to‘liq siklli Railway Media reklama agentligi bilan quring!


Yangi yil kirib kelishi bilan har bir inson kelgusi 365 kun uchun harakatlar rejasini tuza boshlaydi. Ayniqsa bu xususiyat moliyaviy mas’uliyatga ega, ishbilarmon insonlarga xos.

O‘zbekistondagi aksariyat kompaniyalarda moliyaviy yil taqvim yiliga teng. Shuning uchun ham ulardan ko‘pchiligi dekabr oyida 2018-yil uchun marketing strategiyasi ustida qattiq ishlaydi. Yil avvalida, Yangi yil bayrami va dam olish kunlaridan keyin o‘z biznesingiz uchun maqsadlarni aniqlashtirib olishning qulay fursati! Maqsadlar esa yangi moliyaviy yil uchun istalgan strategiyaning asosini tashkil etadi. Maqsadlarsiz yangi marketing rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishning iloji yo‘q! Axir, “Men ko‘proq mijozlarim bo‘lishini istayman” degan mavhum g‘oyadan ko‘ra bir nechta aniq va ravshan maqsadlarga ega bo‘lishning bir qator afzalliklari bor, shunday emasmi? Strategik maqsadlar turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, biroq, ularning barchasi kompaniyani rivojlantirish, uning mijozlarga ko‘rsatadigan xizmat va yetkazib beradigan tovarlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

XXI asr reklamasi iqtisodiyotning asosiy prinsipini o‘z zimmasiga oldi. Endi taklif ham talabni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda samarali, o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilgan reklama iste’molchini bir daqiqa avval xayoliga ham keltirmagan xaridni amalga oshirishga undashi mumkin. Bu esa samarali reklama deganidir! Shuning uchun ham marketing yo‘nalishidagi xatolar va omadsizliklarni 2017-yilda qoldirib, kelgusi yilda reklamaning yangi yo‘nalishlariga jiddiy e’tibor qaratish zarur!

Sohaga oid ustuvor yo‘nalishlar va strategiyalar haqida gap ketganda, ekspertlar bu borada ko‘proq tranzit reklamaga e’tibor qaratishadi. Bunday turdagi reklama inson bilan birga A nuqtadan V nuqtaga “sayohat qila oladi”. Va bu nuqtalar orasidagi masofa qancha katta bo‘lsa, reklama xabari shuncha kuchli ishlaydi.

Yanvar – biznesni o‘stirish maqsadlaridan “2018-yil rejasi” tomon parallel chiziq tortish, eng yaxshi usullarni tatbiq etish, tranzit reklama instrumentlariga ega kompaniyalar xizmatlaridan foydalanish uchun ayni fursat!

Railway Media – yuqorida ta’kidlangan A va V nuqtalari butun respublika bo‘ylab tarqalgan reklama agentligi hisoblanadi. Bu esa mubolag‘asiz kompaniya haqida yuzlab aholi yashash punktlaridagi yuz minglab iste’molchilarga ma’lum qilishning yuzlab imkoniyatlari demak! Bu haqiqatdan ham keng ko‘lam!

Poyezdlardagi reklama ma’lumotnomalarining afzalliklari ochib berilgan avvalgi maqolada Railway Media kompaniyasining o‘ziga xos jihatlari haqida to‘xtalib o‘tilgan edi.

Joriy yilda kompaniya reklama maydonlari sonini ko‘paytirish va mijozlar uchun takliflar ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Rasmiy statistikaga ko‘ra, temiryo‘l transporti O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Shuning uchun 2018-yilda kompaniyaning marketing rejasiga tranzit reklamadek muhim iborani qo‘shishning ahamiyati haqida unutmaslik lozim. O‘zbekistonda to‘g‘ri tranzit reklama esa Railway Media orqali amalga oshiriladi!

Istalgan narsani o‘rganish uchun hammaning o‘z yo‘li bor. Vokzal binosiga kirgan yoki poyezdga o‘tirgan kishi uchun istalgan narsani o‘rganish yo‘li “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy reklama agentligi Railway Media orqali o‘tadi!

Murojaat uchun telefon: +998(90) 918-43-44

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют