» » Gulistonda Qur’on musobaqasi g‘oliblari e’lon qilindi

Gulistonda Qur’on musobaqasi g‘oliblari e’lon qilindi


Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Osiyo” koshonasida bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqich g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hifz yo‘nalishi bo‘yicha 18—25 yoshli erkak ishtirokchilar orasida Muhammadsobir Abduxoliqov 1-o‘ringa munosib deb topildi.

26—40 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

2-o‘rin Najmiddin Karimov,

3-o‘rin Faxriddin Karimov.

Tilovat yo‘nalishi:

18—25 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

1-o‘rin Muhammadrizo Yusufjonov,

2-o‘rin Elyorjon Axmatqulov,

3-o‘rin Abduvohid Abdullayev.

26—40 yoshli erkak ishtirokchilar orasida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

1-o‘rin Odil Do‘smatov,

2-o‘rin Qodir Aliqulov,

3-o‘rin Mahmudjon Eshonov.

Hududiy bosqich g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Avvalroq, Sirdaryoda musobaqaning ayollar o‘rtasidagi g‘oliblari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют