» » O‘zbekistonlik yosh rassomlar Chexiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh rassomlar Chexiyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi


2017-yil Chexiyaning Liditse shahrida bo‘lib o‘tgan bolalar badiiy ijodiyotiga oid xalqaro tanlovning yaqinda e’lon qilingan natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar yosh musavvir rasmlari mazkur tanlovda mukofotga munosib topilgan, deb yozadi O‘zA.

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi o‘quvchisi Nodirxo‘ja Fatxullaxo‘jayev musiqa olamiga sayohat mavzusidagi surati uchun tanlov medaliga munosib topildi. Eng yaxshi o‘quv maskani uchun yo‘nalishi bo‘yicha esa litsey o‘quvchilari Nuriddin Hojixo‘jayev, To‘lqin Ziyodullayev, Abror Abduhakimov va Bo‘ron Aliboyev chizgan rasmlar faxriy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

“Liditse – 2017” xalqaro ko‘rgazmasida jahonning 80 dan ortiq davlatidan 25 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizning “Sayohat” mavzusidagi rang-barang rasmlari namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют