» » O‘zbekiston TIV: Qozog‘istondagi elchixona xodimlari 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan hududga zudlik bilan yuborildi

O‘zbekiston TIV: Qozog‘istondagi elchixona xodimlari 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan hududga zudlik bilan yuborildi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida o‘zbekistonlik 52 fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus yong‘ini yuzasidan dastlabki axborotni berdi.

TIVning O‘zbekiston FVVga asoslanib ma’lum qilishicha, avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi (dastlabki ma’lumotlarga qaraganda — O‘zbekiston fuqarolari) va 2 nafar haydovchi bo‘lgan.

“Ulardan 5 kishiga Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining Halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qolgan 52 kishi voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi TIV axborotida.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa munosabati bilan O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi xodimlari joyida yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan Irg‘iz tumaniga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют