» » Apple AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi

Apple AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi


Amerikaning Apple korporatsiyasi kelgusi besh yil davomida AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritish, shuningdek, ikkinchi shtab-kvartirasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida ma’lum qilindi, deb yozadi “Kommersant”.

Shu tariqa, Apple’ning yillik investitsiya hajmi 70 milliard dollar atrofida bo‘ladi. Kompaniya AQSh ma’lumotlar bilan ishlash markazlari, Apple mahsulotlarini yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, kompaniya tomonidan ta’sis etilgan ilg‘or ishlab chiqarish jamg‘armasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, xabarda Apple AQShda allaqachon 2 milliondan ortiq ish o‘rni yaratganligi va o‘z shtatini yana 20 ming kishiga kengaytirmoqchi ekanligi ma’lum qilinadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Apple kompaniyasi qaroridan mamnun ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют