» » Meizu M6s smartfoni taqdim etildi: kompaniya yangi formatga o‘tdi

Meizu M6s smartfoni taqdim etildi: kompaniya yangi formatga o‘tdi


Meizu kompaniyasi Pekinda o‘zining yangi — to‘liq ekranli dizayn va mTouch tugmasisiz smartfonini taqdim etdi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Meizu vitse-prezidenti Li Nan 2017-yilning bahorida kompaniya “hoshiyasiz” smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi. Kompaniya hatto umuman hoshiyasi yo‘q mblu ZERO smartfonini taqdim etgandi, ammo u 2018-yilning flagmaniga aylanishi kutilmoqda. Meizu M6s esa yangi va eski smartfon o‘rtasidagi qurilma bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Meizu M6s’ni orqa tarafidan kompaniyaning boshqa smartfonlaridan farqlash qiyin.

Qurilma tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,7 dyuymli displey bilan jihozlangan va hoshiyalari ham kompaniyaning o‘zidan oldingi smartfonlarinikidan kichikroq. Shu sababli barmoq izi skaneri vazifasini bajaruvchi mTouch tugmasidan voz kechildi.

Meizu yana Samsung protsessorlaridan — Exynos 7872’dan foydalanishga qaror qildi. Olti yadroli chip 14 nanometrli texprotsessor bazasida ishlaydi. Asosiy kamerasi 16 megapiksellga, frontal kamerasi esa 8 megapiksellga teng.

Tezkor xotirasi 3 gigabayt, ichi xotirasi esa 32 yoki 64 gigabaytga teng bo‘ladigan qurilma Android 7 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi esa 3000 mA/soatni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют