» » Qozog‘istonda 52 o‘zbekistonlikning o‘limi bilan tugagan avtobus yong‘ini sabablari hozircha noma’lum

Qozog‘istonda 52 o‘zbekistonlikning o‘limi bilan tugagan avtobus yong‘ini sabablari hozircha noma’lum


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida 18-yanvar, payshanba kuni yuz bergan va 52 o‘zbekistonlikning o‘limi bilan tugagan avtobus yong‘inining aniq sabablari hozircha noma’lum. Bu haqda, Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imanqulovga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Imanqulov jurnalistlarning “avtobus yong‘iniga portlash yoki qasddan o‘t qo‘yish sabab bo‘lganmi?”, qabilidagi savoliga javob berarkan, jumladan, shunday dedi: “Biz hozircha hech qanday versiyalarni ko‘rib chiqmayapmiz. Bu borada hozircha hech qanday izoh yo‘q”.

“RIA Novosti” agentligi esa Imanqulovning so‘zlaridan quyidagicha iqtibos keltirgan: “Avtobus yong‘ini sabablari haqida gapirishga hali erta. Tegishli ekpertizalar o‘tkazilmaguniga qadar, hech bir versiya na rad etiladi va na tasdiqlanadi”.

Avvalroq “Nur.kz” nashri Qozog‘iston FVQ vakiliga asoslanib, dastlabki taxminlar bo‘yicha yong‘inga avtobus simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

“Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, avtobus ruxsat etilganidan ortiqcha yo‘lovchi va yuk bilan ketayotgan bo‘lgan”, — deyiladi “Nur.kz” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, yaqin vaqt ichida hodisa joyiga O‘zbekistondan maxsus bort parvoz qilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют