» » Ekspert izohi: O‘zbekistonda benzin narxlari nega ko‘tarildi?

Ekspert izohi: O‘zbekistonda benzin narxlari nega ko‘tarildi?


Ekspert Akmal Abduraimovning fikricha, mamlakat ichki bozoridagi narxlar jahon narxlaridan bir necha marta arzon. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

— Jahon Banki ma’lumotlariga ko‘ra, masalan, Avstriyadagi narxlar darajasi Vengriyadagi narxlardan 1,9 barobar, Vengriya bilan Rossiya 1,3 barobar, Rossiya bilan O‘zbekiston narxlari esa 1,2 barobar farq qiladi. Yoki O‘zbekiston va Avstriyadagi narxlarni solishtirsak, 2,7 marotaba farq qiladi.

O‘zbekistonda uzoq yillar davomida amalga oshirilgan narxlar siyosati narxlar darajasini va nisbatlarini bugungi kun uchun nomutanosib holga keltirib qo‘yganini ham e’tirof etish darkor. Shuning uchun narxlarning aholi to‘lovga qobiliyati va korxonalar raqobatbardoshligiga ta’sirini hisobga olib, bu borada ham mamlakatda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etish zarur.

Barchani qiziqtirgan benzin narxiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozir benzin bahosi narxlar oshganidan so‘ng 0,52 AQSh dollari ekvivalentiga to‘g‘ri kelyapti. Hozirgi narxlar mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatining eng kam darajadagi iqtisodiy foydaliligini ta’minlash uchungina yetarli.

Benzin narxlari ko‘p yillar mobaynida juda past darajada saqlanib kelgan, qo‘shnilarimiz bozorlarida shakllantirilgan narxlarga to‘g‘ri kelmasligi chetga olib ketilishiga sabab bo‘lgan. Neftni qayta ishlash korxonalarining zararlari esa davlat budjeti hisobidan qoplab kelingan. Buning o‘ziga yarasha iqtisodiy va ijtimoiy sabablari bo‘lgan.

Hozirgi kunda faqat Turkmanistonda benzin narxi O‘zbekistondan pastroq bo‘lib, bir litri 0,28 dollarga teng. Qozog‘istonda 0,54, Qirg‘izistonda 0,62, Rossiyada 0,69, Tojikistonda 0,75 dollarni tashkil etmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda benzin narxi bizdagidan kamida 3 barobar baland. Masalan, Germaniyada 1,61, Buyuk Britaniyada 1,62, Italiyada esa 1,83 dollarga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют