» » Moskvada 3 nafar bola yonayotgan uyning to‘rtinchi qavatidan sakradi

Moskvada 3 nafar bola yonayotgan uyning to‘rtinchi qavatidan sakradi


Moskva sharqidagi turar joyning to‘rtinchi qavatidan sakragan 3 nafar bola kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda Rossiya FVV Moskva shahar boshqarmasi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“O‘t o‘chiruvchilar kelgunga qadar uch nafar bola to‘rtinchi qavatdan uyda yashovchilar tomonidan tortilgan ko‘rpaga sakragan. Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ulardan biri kasalxonaga vertolyotda yetkazildi. Bolalardan tashqari yuqori qavatdan yana bir kishi qutqarildi”, — dedi FVV vakili. 

Yong‘in hozirda bartaraf etilgan. Qutqaruvchilar bu haqdagi xabardan 6 daqiqa o‘tib, voqea joyida bo‘lgan. 12 kvadrat metr maydonda buyumlar va mebel yongani bildirilmoqda.

Jabrdiydalar qanday holatda ekanligi ma’lum qilinmadi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют