» » Qozog‘istonda avtobus yonishidan omon qolgan 5 kishi shifoxonaga yotishdan bosh tortdi

Qozog‘istonda avtobus yonishidan omon qolgan 5 kishi shifoxonaga yotishdan bosh tortdi


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus yonishidan omon qolgan besh kishi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, shifoxonada yotishdan bosh tortdi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Ruslan Imonqulovning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Ular shifoxonaga yotishdan bosh tortdi. Ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatildi”, — deydi Imonqulov.

Avvalroq, YTH oqibatida qo‘l panjasi kuygan ikki kishiga trassadagi tibbiy punktda yordam ko‘rsatilgani haqida xabar berilgan edi.

Avtobus yonishidan omon qolganlarning ikki nafari o‘zbekistonlik, uch nafari esa Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют