» » Uyni toza tutish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Uyni toza tutish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?


Bugun biz sizga uyni tozalikda saqlash uchun muntazam ravishda nimalar qilish kerakligi haqida aytib bermoqchimiz. Balki siz ba’zi narsalar haqida unutgan bo‘lishingiz mumkin.

Amerikalik mashhur dermatolog Joel Shlessinger yostiq jildlari va choyshablarni har hafta almashtirishni tavsiya qiladi. Ish kunidan keyin teri va sochlardan yog‘ va zararli bakteriyalar ajralib chiqadi — ular turli xil toshmalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Siz uxlashga yotasiz va ular choyshablarga o‘tib oladi. Bunday holat har kuni yuz beradi.

Vannadan keyin tana yuzasida artinganda sochiqqa o‘tib qoladigan va yana tanaga qaytib keladigan terining millionlab o‘lik hujayralari qoladi. Agar sochiq ochiq havoda shamollatilmasdan vannaxonada quritilsa, yoqimsiz hid paydo bo‘ladi.

Qo‘l artiladigan sochiqdan hech qachon yuz uchun foydalanilmaydi — bakteriyalar qo‘ldan yuz terisiga o‘tishi mumkin. Yuz artadigan sochiqni har foydalangandan keyin almashtirish kerak.

Chiqindini tashlab, paketni almashtirgandan keyin albatta qo‘lingizni yuving. Chiqindi chelagida siz tasavvur qilganingizdan ham ko‘ra ko‘proq bakteriyalar yashaydi. Bakteriyalar butun uyga tarqalib ketmasligi uchun u ham ikki haftada bir marta maxsus vositalar yordamida jiddiy zararsizlantirishni talab qiladi.

Sovitgichni xuddi muntazam ravishda yuvish kerak emasdek  ko‘rinadi. Bu noto‘g‘ri. Oziq-ovqatlar bakteriyalar ko‘payishiga sabab bo‘ladigan joylarda ham buziladi. Shuning uchun bir haftada ikki marta ho‘llab tozalash ishlarini amalga oshirib turish kerak.

Manba: “Woman.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют