» » Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondi tomonidan talabalar o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qildi

Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondi tomonidan talabalar o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qildi


Islom Karimov nomidagi fond tomonidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta’minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Insho mavzulari:

Mualliflardan tanlangan mavzu mohiyatini to‘liq ochib berish hamda fikr-mulohazalarni izchil va xatosiz bayon qilish talab etiladi. Tanlovga yuborilgan insholar o‘z sohasida katta tajribaga ega atoqli tarixchi, siyosatshunos va filolog olimlardan tashkil topgan maxsus komissiya tomonidan o‘rganiladi, tahlil etiladi va baholanadi.

Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovrinlar topshiriladi:

Insholar o‘zbek yoki rus tilida yozilishi mumkin. Matn hajmi 2000 so‘zdan (5 sahifaga qadar) oshmasligi lozim. Insholar info@fondkarimov.uz elektron manziliga yuborilishi kerak.

Har bir qatnashchidan faqat bitta insho qabul qilinadi. Tanlov ishtirokchilari insho bilan birga, shaxsini va O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtida tahsil olayotganini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport va talaba guvohnomasi) nusxasini yuborishlari zarur. Tanlov haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali 2018-yil 18-yanvardan insho topshirishning so‘nggi sanasiga qadar xabar berib boriladi.

Tanlov 2018-yil 22-yanvardan 22-fevralga qadar davom etadi. 2018-yil 12-mart kuni tanlov g‘oliblari e’lon qilinadi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют