» » Xitoy aholisi 2017-yil yakunlariga ko‘ra 1,39 milliard kishiga yetdi

Xitoy aholisi 2017-yil yakunlariga ko‘ra 1,39 milliard kishiga yetdi


Xitoy aholisi 2017-yil yakunlariga ko‘ra, 7,37 million kishiga oshib, 1,39 milliardga yetdi. Bu haqda XXR davlat kengashi tomonidan 18-yanvar, payshanba kuni chop etilgan hisobotda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“2017-yil yakunida Xitoy aholisi 1 milliard 390 million kishini tashkil etdi. O‘sish 2016-yilning shu davrdagi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanganda 7,37 million fuqaroni tashkil etdi”, — deyiladi hujjatda.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning erkak aholisi 711,37 million, ayollar 678,71 million kishidan iborat. 16 yoshdan 59 yoshgacha mehnatga layoqatli aholi mamlakat umumiy aholisining 64,9 foizini tashkil etib, 901,99 million kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют