» » Import qilinadigan go‘sht va tirik chorva mollariga yil oxirigacha QQS solinmaydi

Import qilinadigan go‘sht va tirik chorva mollariga yil oxirigacha QQS solinmaydi


O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi 5303-son Farmoni bilan 2019-yil 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.

Unga 8 nomdagi tovarlar kiritildi (qavsda TIF TN bo‘yicha kodlari ko‘rsatilgan):

Qayd etish joizki, hujjatda imtiyoz import yoki eksport qilishda qo‘llanilishi aytib o‘tilmagan. Shu bois ikkala holatda ham bojxona to‘lovlari tarkibini ko‘rib chiqamiz.

Import. O‘zbekistonga yuqorida sanab o‘tilgan tovarlarni olib kelishda “nol” stavka bo‘yicha import bojxona boji solinadi. Ulardan aksiz solig‘i undirilmaydi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i 20%ni tashkil etadi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bojxona qiymatining 0,2%ini, biroq kamida $25 va ko‘pi bilan $3 000 ni tashkil etadi (yig‘imni to‘lash majburiyati saqlanib qoladi).

Eksport. O‘zbekistonda 1997-yildan boshlab eksport bojxona bojlari bekor qilingan. Ko‘rsatilgan tovarlardan aksiz solig‘i undirilmaydi. Tovarlarni eksportga realizatsiya qilishga “nol” stavka bo‘yicha QQS solinadi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bojxona qiymatining 0,1%ini, biroq kamida EKIHning 50%ini tashkil etadi (yig‘imni to‘lash majburiyati saqlanib qoladi).

Binobarin, imtiyoz mohiyatiga ko‘ra mazkur mahsulotlarni O‘zbekistonga import qilishda QQSni to‘lashdan ozod etishdan iborat.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 2018-yil 17-yanvarda kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют