» » Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza Mirziyoyeva bog‘cha vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlamoqda

Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza Mirziyoyeva bog‘cha vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlamoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlamoqda. Bu haqda vazirlikning yangi ishga tushgan MDO.uz saytida axborot berilgan.

Shahnoza Shavkatovna boshqarmada Yelena Tenning o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda. Mazkur boshqarma davlat, nodavlat va muqobil ko‘rinishdagi bolalar bog‘chalari faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Ma’lumot uchun, vazirlik sayti dastlabki sinov bosqichida rus tilida ishga tushgan bo‘lib, yaqin vaqt ichida saytning o‘zbek tilidagi muqobili ham to‘liq quvvat bilan ish boshlashi kutilmoqda.

Saytda vazirlikning tashkiliy tuzilmasi, rahbar shaxslari, shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan so‘nggi ishlar haqida axborot berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют