» » Hukumat komissiyasi Qozog‘istonning Aqto‘be shahriga uchib ketdi

Hukumat komissiyasi Qozog‘istonning Aqto‘be shahriga uchib ketdi


18-yanvar kuni ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan maxsus hukumat komissiyasi a’zolari bo‘lgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining borti Toshkentdan Qozog‘istonning Aqto‘be shahriga uchib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oldinroq Prezident topshirig‘iga ko‘ra bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida maxsus hukumat komissiyasi tashkil etilgani xabar qilingan edi. Uning tarkibiga Tashqi ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralarning vakillari kiritildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchib ketganlar tarkibida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan tezkor tibbiy guruh ham bor. Kambustiolog, anesteziolog-reanimatolog, sud-tibbiyot eksperti va psixolog kabi malakali shifokorlardan tarkib topgan ushbu guruhga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Asilbek Xudayarov boshchilik qilmoqda. Tezkor tibbiy guruh zarur vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan yetarli darajada ta’minlangan.

Maxsus hukumat komissiyasiga Qozog‘iston vakillari bilan hamkorlikda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat sabablarini o‘rganish, mamlakat fuqarolari shaxsini aniqlash vazifalari yuklatildi.

Shuningdek, komissiya halok bo‘lganlarning tanalarini mamlakatga olib kelish, ularning oilalariga zarur yordamni ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют