» » Chimkentda 18 ta kvartiraga o‘g‘rilikka tushgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Chimkentda 18 ta kvartiraga o‘g‘rilikka tushgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi


Qozog‘istonning Chimkent shahri politsiyasi bir nechta kvartirani o‘marishda gumonlab O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.

Janubiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamentining ma’lum qilishicha, joriy yilning 16-yanvar sanasida Chimkent shahri IIBga 55 yoshli ayol ariza bilan murojaat qilgan. Uning aytishicha, jabrlanuvchining uyiga kechasi o‘g‘ri tushgan va 20 ming tengesi (salkam 500 ming so‘m) bilan birga, 1000 Koreya vonasi (7500 so‘mga yaqin) miqdoridagi pullarini o‘marib ketgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan, biroq mahalliy aholi uni qo‘lga olib, politsiyaga topshirgan.

Jinoyatchi 1963-yilda tug‘ilgan, bundan oldin ham o‘g‘rilik uchun sudlangan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Uning yonidan daliliy ashyo sifatida jabrlanuvchining pullari topilgan.

Tergov davomida qo‘lga olingan shaxs Chimkentdagi 18 ta kvartirani o‘marigani aniqlangan. O‘g‘rining jabrlanganlarga yetkazgan umumiy zarari 2 million tengega (50 million so‘mga) yaqin. Tergov ishlari hozirda ham davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют