» » Misr prezidenti: mintaqa mamlakatlarining “arab bahori” oqibatidagi yo‘qotishlari 900 milliard dollarni tashkil etdi

Misr prezidenti: mintaqa mamlakatlarining “arab bahori” oqibatidagi yo‘qotishlari 900 milliard dollarni tashkil etdi


Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlarining “arab bahori” — 2011-yilda arab davlatlarining ko‘pchiligi bo‘ylab o‘tgan to‘ntarishlar va ommaviy norozilik to‘lqinlari va undan keyingi voqealar oqibatidagi yo‘qotishlari 900 milliard dollarni tashkil etdi. Mazkur ma’lumotlarni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy keltirib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

As-Sisiyning so‘zlariga ko‘ra, urushlar, ichki ixtiloflar va to‘ntarishlar oqibatida ushbu davrda mintaqada 1,4 million kishi halok bo‘lgan, yana 15 millioni qochoqqa aylangan.

Shu bilan birga, as-Sisiyning ta’kidlashicha, 2013-yilning iyulidan (prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilgan) buyon vaziyat barqarorlashmoqda. O‘tgan to‘rt yil ichida ishlab chiqarishning turli sohalarida 11 ming korxona barpo etilgan, inflyatsiya 35 foizdan 22 foizga qisqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют