» » Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan 17-yanvar kuni 3195 ta qoidabuzarlik aniqlandi

Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan 17-yanvar kuni 3195 ta qoidabuzarlik aniqlandi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 17-yanvar kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 3195 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 27 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 42 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 55 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 64 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 391 ta odam tashish qoidalarini buzish, 219 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 4 ta bo‘ysunmaslik, 1119 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 107 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют