» » “Qaysar sevishganlar” filmi yanvar oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Qaysar sevishganlar” filmi yanvar oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Ruslan Ibragimovning “Qaysar sevishganlar” filmi yanvar oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Yanvar oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Qaysar sevishganlar” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun”, filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Kulba”, “Nazira” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

1-o‘rin. “Qaysar sevishganlar” (melodrama)

Rejissor — Ruslan Ibragimov

2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)

Rejissor — Otabek Mirzaxolov

3-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)

Rejissor — Durdona To‘laganova

4-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)

Rejissor — Mirmaqsud Oxunov

5-o‘rin. “Sevgimiz uchun” (melodrama)

Rejissor — Suhrob Hasanov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют