» » AQSh ishlab chiqaruvchilari hukumatdan Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istondan uran importini cheklashni so‘ramoqda

AQSh ishlab chiqaruvchilari hukumatdan Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istondan uran importini cheklashni so‘ramoqda


Davlatlar tomonidan subsidiyalangan Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston korxonalarining AQShga uran yetkazib berishi yadroviy yoqilg‘i uchun mahalliy xomashyo ishlab chiqaruvchilarning mavjudligiga xavf tug‘diradi. Bu borada Amerikaning Ur-Energy va Energy Fuels kompaniyalari AQSh Savdo vazirligiga petitsiya yo‘lladi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Ma’lumotlaga ko‘ra, Koloradoda joylashgan Ur-Energy va Energy Fuels kompaniyalari hisobiga 2017-yilda AQShda ishlab chiqarilgan uranlarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri kelgan. Ammo kompaniyalar AQSh ichki bozorining atigi 5 foizini ta’minlamoqda, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan qilinayotgan eksport hajmi esa 40 foizga yaqin. Xitoydan sezilarli hajmda uran olib kelinmagan, biroq Xitoy o‘zining yadroviy quvvatini yaxshigina o‘stirib, Amerika yadroviy bozoriga o‘zining yadroviy yoqilg‘ilari bilan kirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari 2020-yilda Rossiyadan uran import qilish borasidagi bitim o‘z nihoyasiga yetadi, bu esa amerikalik ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha bosim bo‘lib xizmat qiladi.

2017-yil AQShda uran qazib olish tarixdagi minimumiga erishgan bo‘lsa, 2018-yil bashoratlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatgich bundan ham past bo‘ladi. Yaqin yillar ichida Rossiya va Xitoydan yadroviy yoqilgi importini kuchaytirish rejalashtirilgan, bu esa AQShda uran ishlab chiqarilishiga raqobat qiladi.

Shu munosabat bilan Energy Fuels va Ur-Energy kompaniyalari AQSh Savdo vazirligidan uran importining Amerika milliy xavfsizligiga yetkazishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarini o‘rganishni so‘ramoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют