» » Qozog‘iston O‘zbekiston bilan hamkorlikda sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqmoqda

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan hamkorlikda sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqmoqda


Qozog‘iston O‘zbekiston bilan hamkorlikda sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Kazakh Tourism milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi Rashid Kuzembayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kazinform”.

“O‘zbekistonlik sheriklar bilan yangi transchegaraviy yo‘nalishlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdik”, — dedi Rashid Kuzembayev.

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab tranchegaraviy turlarni ilgari surishga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun o‘tgan yil dekabrida o‘zbekistonlik sheriklar bilan tegishli memorandum imzolandi.

Shuningdek, yil doirasida Qozog‘istonda biznes-forum va ikki davlat turoperatorlari uchrashuvi o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют