» » Qozog‘istonda o‘lik donorlar soni oshmoqda

Qozog‘istonda o‘lik donorlar soni oshmoqda


Qozog‘istonda o‘lik donorlar soni oshmoqda, deb yozadi Kazakhstan Today. 2017-yilda mamlakatda vafot etgan odamlar organlarini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha 77 ta operatsiya o‘tkazilgan. Bu 2016-yilgi ko‘rsatkichdan 50 foizga ortiq.

Shunga qaramasdan, transplantologiya bo‘yicha respublika muvofiqlashtirish markazining ma’lum qilishicha, mamlakatda hamon donorlar yetishmaydi.

Qozog‘istonda jami 3 500 kishi organlarni ko‘chirib o‘tqazish bo‘yicha navbatda turibdi. Ularning aksariyati buyrakka muhtoj. 500 bemorga jigar ko‘chirib o‘tqazish talab etiladi. 135 nafar bemorda yurak operatsiyasini o‘tkazish zarur. Yana 11 kishi donorlardan o‘pka kutmoqda.

Qozog‘istonda o‘tgan yili organ ko‘chirib o‘tqazish bo‘yicha 280 ta operatsiya o‘tkazildi. Ular asosan tirik donorlar hisobiga amalga oshirildi. O‘lik donorlar sonini oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligida o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, har bir fuqaro tirikligida o‘lik donorlikdan bosh tortish yoki rozilik berish huquqiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют