» » AQShda baliqchilar ularning qayig‘iga kater urilishidan bir soniya avval sakrab qolishga ulgurdi (video)

AQShda baliqchilar ularning qayig‘iga kater urilishidan bir soniya avval sakrab qolishga ulgurdi (video)


AQShning Ermiston shahrida yashovchi politsiyachi Brayan Mess ikki do‘sti bilan qayiqda baliq ovlayotgan vaqtda kater qayiqqa yaqinlashib kelgan va urilgan. Holat qayiqdagi GoPro kamerasida yozilgan, qayiqdagilar esa kater urilishidan bir soniya oldin undan suvga sakrashga ulgurgan. TJournal holat aks etgan videoni taqdim etdi.

Videoda ko‘rinadiki kater katta tezlikda qayiqqa yaqinlashib kelgan. Katerning kapitani Marlin Larsen baliqchilarni umuman payqamagan. Mess do‘stlari bilan unga qarata qo‘l silkitgan, biroq ularni hech kim ko‘rmagan.

Hodisadan so‘ng Mess 372,5 ming dollarlik zarar haqida shikoyat bilan Larsenga nisbatan sudga murojaat qilgan. Bundan tashqari, baliqchini hodisadan keyin bosh og‘rig‘i va ko‘rish bilan bog‘liq muammolar qiynagan, shuningdek, u tizzasidan, to‘pig‘idan va qo‘lidan jarohat olgan.

Larsenning kuyovi aytishicha, u 75 yoshli erkakni telefondan foydalanish o‘rniga yo‘lga e’tibor berish haqida ogohlantirgan. Larsen esa o‘zini hodisada aybdor deb tan olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют