» » Apple va Colgate hamkorlikda sun’iy intellektli tish cho‘tka yaratdi

Apple va Colgate hamkorlikda sun’iy intellektli tish cho‘tka yaratdi


Colgate va Apple sun’iy intellektga ega bo‘lgan “aqlli” tish cho‘tka yaratdi. Uni faqat Apple do‘konlarida 99,95 dollarga sotib olish mumkin, deb yozmoqda TJournal.

Cho‘tkani iOS tizimidagi Colgate Connect va Apple Watch dasturlari bilan sinxronlashtirish mumkin. Qurilma “og‘iz kartasi”ga ega bo‘lib, tishlar to‘g‘ri tozalanayotganini kuzatib boradi, shuningdek, qaysi qismlariga tegilmay qolinganini ko‘rsatadi. Dastur cho‘tkadan ma’lumotlar oladi va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar tuzadi.

Bundan tashqari, Colgate bolalar uchun maxsus o‘yin ishlab chiqqan. Bola tishlarni qancha uzoq tozalasa, o‘yinda ko‘proq tanga yig‘ishi mumkin. Cho‘tka to‘liq quvvatlanganidan keyin 10 kun ishlashi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют