» » AQSh senati moliya vazirligidan Alisher Usmonov haqida ma’lumot so‘radi

AQSh senati moliya vazirligidan Alisher Usmonov haqida ma’lumot so‘radi


AQSh senatining Rossiyaning Amerika prezidenti saylovlariga ehtimoliy aralashuvini tekshiruvchi maxsus qo‘mitasi AQSh moliya vazirligidan milliarder Alisher Usmonov, “Megafon” rahbari Ivan Tavrin va Rossiyaning “Renessans kapital” banki rahbari Bob Foresman haqida axborot so‘radi, deb yozadi “Snob.ru” BuzzFeed’ga tayanib.

Tekshiruvchilar 2016-yilda Rossiyadan Amerikadagi hisobvaraqlarga “saylovlar uchun” belgisi ostida kelib tushgan 60 ga yaqin to‘lovlarni aniqlashtirmoqda. Rossiya hukumati izoh berishicha, ushbu pullar chet elda yashaydigan rossiyaliklar uchun ovoz berish jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan: 2016-yil kuzida Rossiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh senati qo‘mitasi moliya vazirligidan 45 kishining hisoblari bo‘yicha mablag‘lar harakatlari haqida ma’lumot so‘radi, ular orasida Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvini tekshirish doirasida hech qachon tilga olinmagan uch kishi bor.

Amerika moliya vazirligi Tavrin va Foresmanning xatti-harakatlarida hech qanaqa shubhali narsani aniqlamadi. Usmonovni tekshirish natijalari haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют