» » Millionlar o‘yini afsonasi Ronaldinyo 37 yoshida butsalarini mixga ildi

Millionlar o‘yini afsonasi Ronaldinyo 37 yoshida butsalarini mixga ildi


O‘zining betakror o‘yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Ronaldinyo futbolchilik karyerasini yakunladi.

To‘liq ismi Ronaldo da Assis Moreyra bo‘lgan va Ronni, Ronaldinyo nomlari bilan futbol olamida porlagan futbolchining so‘nggi jamoasi “Fluminense” bo‘ldi. Faoliyati davomida “Gremio”, “PSJ”, “Barselona”, “Milan”, “Flamengo”, “Atletik Mineyro”, “Keretaro” kabi klublarda to‘p surgan Ronaldinyo, 2016-yildan boshlab Hindistonning ikki mini-futbol klubida ham o‘ynashga ulgurdi.

Ronaldinyo Braziliya milliy terma jamoasi safida 97 ta uchrashuv o‘tkazib, 33 ta gol urishga erishdi. U 1999-yil braziliyaliklar bilan Amerika Kubogidagi zafar quchdi, 2002-yil esa jahon chempionligiga erishdi. 2005-yilga kelib Konfederatsiyalar Kubogining oltin medallariga ega chiqdi.

Futbolchining akasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Ronaldinyo bu yil bir qator mamlakatlarda o‘zining xayrlashuv uchrashuvlarini o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют