» » Xiaomi Mi Max 3: ulkan smartfonning surati va xususiyatlari oshkor qilindi

Xiaomi Mi Max 3: ulkan smartfonning surati va xususiyatlari oshkor qilindi


Xiaomi Mi Max lineykasi katta ekranli smartfonlardan iborat. Ilk ikki model 6,5 dyuymli bo‘lgan bo‘lsa, Mi Max 3, mish-mishlarga ko‘ra, 6,99 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Diagonal romlarni kichraytirish hisobiga kattalashadi, demak qurilma hajmi avvalgi modellardan ko‘p ham farq qilmaydi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Internetda smartfon konseptlaridan tashqari, qurilma orqa panelining tepa qismi aks etgan bir surat ham bor. Unda qo‘sh kamera moduli, barmoq izi skaneri va antenna uchun plastik yamoq borligini ko‘rish mumkin — demak smartfon korpusi metalldan bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mi Max 3 Snapdragon 660 protsessori, 3 yoki 4 Gb tezkor va 64 yoki 128 Gb doimiy xotira, 12+12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 550 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi, MIUI 9 qobig‘idagi Android operatsion tizimida ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют