» » Bugun futbol. O‘zbekiston U23 Osiyo Chempionatining yarim finali uchun Yaponiyaga qarshi saf tortadi

Bugun futbol. O‘zbekiston U23 Osiyo Chempionatining yarim finali uchun Yaponiyaga qarshi saf tortadi


Xitoy mezbonligida o‘tayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida bugun chorak final bellashuvlari start oladi.

Toshkent vaqti bilan 13:00 da maydonga O‘zbekiston va Yaponiya termalari chiqib keladi. Yaponlar “B” guruhida 100 foizlik natija qayd etgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik futbolchilar hisobida Qatardan uchralgan yagona mag‘lubiyat bor.

Mazkur jamoalar 15-dekabr kuni Tailanddagi M—150 xalqaro turnirining finalida ham o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, 2:2 hisobida yakuniga yetgan o‘yinda o‘zbekistonliklar penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgandi — 6:5. O‘yin davomida Zabihullo O‘rinboyev yaponiyaliklar darvozasiga 2 ta gol urishga erishgandi.

Ravshan Haydarov jamoasi oldiga turnirda chempion bo‘lish vazifasi qo‘yilgan. Yaponiyalik futbolchilar esa asosan Tokio—2020 Olimpiadasi haqida bosh qotirmoqda. Shu sababli ham kunchiqar yurt termasi 1997-yildan katta futbolchilarni Xitoyga olib kelmagan.

Chorak finalda, shuningdek, Qatar termasi Falastinni imtihon qiladi. Ertaga — 20-yanvar kuni malayziyalik futbolchilar Janubiy Koreyaga, Vyetnam esa Iroqqa qarshi saf tortadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют