» » “Everton”dan navbatdagi xarid. Endi Runi va Tosun yoniga “Arsenal”dan Teo Uolkott ham xarid qilindi

“Everton”dan navbatdagi xarid. Endi Runi va Tosun yoniga “Arsenal”dan Teo Uolkott ham xarid qilindi


Londonning “Arsenal” klubi hujumchi Teo Uolkottning “Everton”ga o‘tgani haqida ma’lumot berdi. Liverpulliklar Uolkotti bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.

Transfer summasi qanchani tashkil qilgani borasida aniq ma’lumot berilmadi. Avvalroq norasmiy manbalar Uolkott 22,4 million yevroga sotilayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Uolkott “Everton”da “Arsenal”dagi kabi maosh oladi. Uning londonliklardan oladigan haftalik puli 124 ming yevroga teng edi.

Teo Uolkott uchun joriy mavsum omadli keldi deb bo‘lmaydi. U bor-yo‘g‘i 6 ta uchrashuvda harakat qildi va maydonda jami 63 daqiqa davomida ko‘rinish berdi. Hujumchi “to‘pchilar” safida 2006-yildan buyon to‘p surib kelayotgandi. O‘tgan vaqt davomida u “Arsenal”ning 397 ta o‘yinida maydonga tushib, 108 ta gol urishga erishdi.

“Everton” bunga qadar “Beshiktosh”ning to‘purar hujumchisi Jek Tosunni ham xarid qilgandi. Mavsum avvalida esa jamoaga Ueyn Runi qaytarilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют