» » Rio-de-Janeyro plyajida avtomobil odamlar ustiga yurib ketdi

Rio-de-Janeyro plyajida avtomobil odamlar ustiga yurib ketdi


Rio-de-Janeyroning Kopakabana plyajida avtomobilning odamlar ustiga yurib ketishi oqibatida kamida 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda Jornal do Brasil xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Hodisa 18-yanvar kuni yuz berdi.

Rio-de-Janeyro davlat harbiy politsiyasi o‘z bayonotida hodisani terakt deb hisoblamasligini ma’lum qildi.

“Kopakabanadagi hodisa terrorchilik hujumi bo‘lmasdan, haydovchi avtomobil vositasini boshqarishda nazoratni yo‘qotganligi bilan bog‘liq jiddiy halokatdir. Oqibatda mashina qirg‘oqdagi 15 kishiga urilgan”, — deyiladi bayonotda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan va u tutqanoqdan aziyat chekishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют