» » 13 farzandini qamoqda saqlagan AQShlik er-xotin sudda o‘z aybini tan olmadi

13 farzandini qamoqda saqlagan AQShlik er-xotin sudda o‘z aybini tan olmadi


AQShning Kaliforniya shtati Perris shahrida yashovchi, hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 13 farzandini qamoqda saqlab kelgan er-xotin Terpinlar 18-yanvar kuni sudda o‘zlarini aybdor deb tan olmasligini aytdi, deb yozadi “TASS”.

57 yoshli Devid Allen Terpin va 49 yoshli Luiz Anna Terpinga bolalarga zo‘ravonlik qilish, qiynoqlar qo‘llash va axloqsiz xatti-harakatlarni amalga oshirish ayblovlari e’lon qilingan edi. Agar ular aybdor deb topilsa, bir umrlik qamoqqa mahkum qilinishi mumkin. Ushbu ish bo‘yicha keyingi sud majlisi 23-fevralga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bolalarning olti nafari voyaga yetmagan, yetti nafari esa 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan. Ularning barchasi oziq-ovqat yetishmasligidan ozib-to‘zib ketgan edi, ular kasalxonalarga jo‘natildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют